Ronaldu Yevro-2024 saralashida hujumga uchradi

Sport

image

Bosniya va Gersegovina terma jamoasi bilan 2024 yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduga smartfon ko‘targan muxlis hujum qildi.

“J” guruhidan o‘rin olgan uchrashuv 16 oktyabr  kuni Bosniyaning Zenitsa shahrida bo‘lib o‘tdi va 5:0 hisobida portugaliyaliklar foydasiga hal bo‘ldi. Birinchi bo‘lim oxirida muxlislardan biri smartfon bilan maydonga yugurib chiqib, Ronalduni ushlab oldi, biroq styuardlar tezda muxlisni portugaliyalik futbolchidan uzoqlashtirdi, biroq aynan shu vaziyatda kimdir Ronalduning oyog‘ini bosib oldi. Futbolchi esa o‘zini noqulay his qildi, ammo o‘yinni davom ettirdi.

Bosniya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, Portugaliya terma jamoasi muddatidan avval Yevropa chempionatining final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Hozirgacha Ronaldu vatandoshlaridan tashqari, Belgiya, Fransiya, Ispaniya, Shotlandiya, Turkiya va Avstriya terma jamoalari Yevro-2024 yo‘llanmasini naqd qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Evro-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing