Ronaldu yana bir o‘ziga xos natija qayd etdi
Sport
−
25 mart
1458UEFA Millatlar ligasining Daniyaga qarshi javob uchrashuvida (5:2) gol urgan Portugaliya terma jamoasi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu shu tariqa 30 yoshga to‘lganidan so‘ng milliy terma jamoadagi 84-golini urdi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 40 yoshli Ronaldu 30 yoshga to‘lganidan so‘ng terma jamoa safida Neymar (79), Pele (77), Miroslav Kloze (71), Harri Keyn (71), Dide Drogba (65), Ronaldo (62), Zlatan Ibragimovich va boshqa mashhur futbolchilardan ko‘proq gol urgan.
Shuningdek, Krishtianu Ronaldu milliy terma jamoadagi g‘alabalari (132) bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronladu terma jamoada ketma-ket 22 yil gol urib bu borada ham rekord o‘rnatgani xabar qilingandi.