Jezus Ronaldudan Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini davom ettirişni söradi
Sport
−
10:04 345 2 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi boş murabbiyi Jorje Jezus hujumçi Kriştianu Ronaldudan milliy jamoadagi faoliyatini davom ettirişni söraganini ma’lum qildi. Bu haqda “Canal 11” telekanaliga bergan intervyusida söz oçdi.
Keça, 5 noyabr kuni Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi va ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat yölladi. Futbolçi joriy yilning sentyabr oyi oxirida Norvegiyaga qarşi Millatlar ligasi uçraşuvida (1:2) zaxirada qoldirilganidan söng terma jamoani tark etgan edi. Bu holat 41 yoşli portugaliyalik futbolçi va Jorje Jezus örtasida kelişmovçilik keltirib çiqargan.
“Men hatto uning katta portretini zalga joylaştirişni buyurdim. Toki nafaqat jamoadoşlari, balki barça yoş futbolçilar ham uni doimo körib turişsin. Uning namunasi hamişa ularning köz öngida bölişi kerak. Bu uning qarori edi. Biz bu masalani terma jamoaning birinçi tarkibini e’lon qilişimdan oldin muhokama qilgan edik. Men undan faoliyatini davom ettirişni, men bilan qolişni söradim, çunki u jamoamda bölişini istardim. Uning qarorini hurmat qilişim kerak. Ammo u Portugaliya xalqi qalbida va milliy terma jamoada abadiy qoladi. Buni özgartirib bölmaydi, çunki u doimo portugal futboli uçun namuna bölib qoladi”, deydi Jezus.
Ma’lumot uçun, Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 234 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 146 ta gol urgan. Bu milliy terma jamoalar tarixidagi eng yuqori körsatkiç hisoblanadi. U Portugaliya bilan 2016 yilgi Yevropa çempionatida ğolib çiqqan va ikki marta Millatlar ligasi kubogini qölga kiritgan.
Live
Barchasi