Ronaldu “Al-Nasr”ni tark etmoqçi – OAV

Sport

−

image

Saudiya Arabistonining amaldagi çempioni “Al-Nasr” klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu jamoani tark etiş ehtimolini jiddiy körib çiqmoqda. Bu haqda özining Saudiya Arabistonidagi manbalariga tayanib, “365Scores” naşri xabar berdi.

Naşrning yozişiça, Ar-Riyod klubidagi manbalar Ronaldu joriy mavsum uning “Al-Nasr”dagi sönggi mavsumi bölişi mumkinligini ma’lum qilgan. Futbolçi bu haqda klub rahbariyatini xabardor qilgan.

Qayd etilişiça, “Al-Nasr” rahbariyati Ronalduni şartnomani uzaytirişga va jamoada yana bir neça mavsum qolişga köndirişga harakat qilmoqda. Bunga uning sport va tijorat nuqtai nazaridan klub uçun muhim ahamiyatga egaligi sabab bölmoqda.

Şu bilan birga, klub rahbariyati portugaliyalik yulduz uçun katta xayrlaşuv uçraşuvini taşkil etiş imkoniyatini ham körib çiqmoqda. Uşbu tadbir orqali futbolçining jamoaga qöşgan hissasi va xizmatlarini e’tirof etiş rejalaştirilgan.

Ma’lumot uçun, Kriştianu Ronaldu 2023 yil boşidan Ar-Riyod klubi şarafini himoya qilib kelmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. Ronaldu terma jamoa libosidagi ilk uçraşuvini 2003 yil 20 avgust kuni Qozoğistonga qarşi ötkazgan. U öşa bahsda Luiş Figu örniga maydonga tuşgan va jamoasi 1:0 hisobida ğalaba qozongan.

Futbolçi milliy jamoa safida 234 ta uçraşuvda iştirok etib, 146 ta gol urgan va 46 ta golli uzatmani amalga oşirgan. Şuningdek, uning hisobida 10 ta xet-trik bor.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing