Ronaldu va MYU “Old Trafford”da ochko yo‘qotdi

Sport

image

Bugun, 2 oktyabr kuni “Old Trafford” stadionida Angliya Premer ligasining 7-turi doirasida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Everton” bilan durang natija qayd etdi.

Krishtianu Ronaldu va Pol Pogba zahirada qoldirilgan o‘yinda hisob birinchi bo‘lim oxirida ochildi. 43-daqiqada “qizil iblislar” hujumchisi Antoni Marsial Bruno Fernandeshning uzatmasidan so‘ng, gol urib, hisobni ochdi. 

Ikkinchi taymning 65-daqiqasida “Everton” yarim himoyachisi Andreas Taunsend Abdulay Dukurening uzatmasini golga aylantirdi va muvozanatni tikladi. 86 –daqiqaga kelib, “Everton” himoyachisi Yerri Mina manchesterliklar darvozasini ishg‘ol etgandi, biroq VAR tizimi orqali vaziyat tekshirilgach, ofsayd sabab gol bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinni Maykl Oliver boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib bordi.

Ma’lumot uchun, APLning 8-turida “Manchester Yunayted” “Lester Siti” mehmoni bo‘lsa, “Everton” o‘z maydonida “Vest Xem”ni qabul qiladi. Uchrashuvlar 16-17 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Ronaldu Old Trafford

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing