Ronaldu va Messi yo‘q. Yevropada yilning “Eng yaxshi o‘yinchi”si unvoni uchun nomzodlar aniq bo‘ldi

Sport

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) 2021-2022 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi uchun atalgan sovringa da’vogarlarni e’lon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berilgan.

Yevropaning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan mukofotga nomzodlar bilan tanishing:

Karim Benzema (“Real Madrid”/Fransiya terma jamoasi);

Tibo Kurtua (“Real Madrid”/Belgiya);

Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”/Belgiya).

Polshalik hujumchi Robert Levandovski ham kuchli uchlikka kirishga juda yaqin kelgan. Biroq Robert reytingda to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalangan. Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich kuchli beshlikka yakun yasab bergan. Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi kuchli 15 talikka ham kiritilmagan.

Yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga da’vogar uch nafar nomzod:

Karlo Anchelotti (“Real Madrid”);

Yurgen Klopp (“Liverpul”);

Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”).

Qayd etish kerakki, yilning eng yaxshi murabbiyiga topshiriladigan sovringa asosiy da’vogar “Real Madrid” ustozi Karlo Anchelotti hisoblanadi. U o‘tgan mavsumda “los blankos” bilan birgalikda Yevropa Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionatida zafar quchgan.

G‘oliblar murabbiylar va sport jurnalistlarining bergan ovozlari natijasiga ko‘ra aniqlanadi.

Ma’lumot uchun, mukofotlarni topshirish marosimi shu yilning 25 avgust sanasida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Karim Benzema UEFA

Baholaganlar

514

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing