Ronaldu Tojikistonga bormaydi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Dushanbega kelmaydi. Bu haqda  “Istiqlol” klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

Futbolchi Eronning “Persepolis” klubi bilan o‘yindagi jarohatidan hali forig‘ bo‘lmagani uchun OCHL guruh bosqichi 6-turidan o‘rin olgan “Istiqlol” bilan o‘yinda ishtirok etolmaydi. “Al-Nasr”  muddatidan avval OCHLda keyingi bosqich yo‘llanmasini naqd qilgan, “Istiqlol”ning esa allaqachon turnir bilan xayrlashishi ma’lum bo‘lgan.

Ronaldu oxirgi marta jamoasining “Al-Hilol” bilan o‘yinida maydonga tushdi. Bahsda Krishtianu jamoadoshlari 3:0 hisobida imkoniyatni boy bergandi. 

Ma’lumot uchun, Osiyo Chempionlar ligasining 6-turidan o‘rin olgan “Istiqlol”-“Al-Nasr” o‘yini bugun, 5 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Istiqlol Tojikiston Saudiya Arabistoni Krishtianu Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made