Ronaldu sobiq jamoadoshining “Al-Nasr”ga o‘tishini istayapti

Sport

image

“Manchester Yunayted” himoyachisi Rafael Varanga faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish taklif qilindi. Bu haqda “Daily Star” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Varanning sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan “Al-Nasr” fransiyalik futbolchiga yiliga 50 million funt sterling to‘lashga tayyor. Shaxsan Ronalduning o‘zi fransiyalik futbolchini Riyod klubida ko‘rishni istayapti.

Qayd etish joiz, Ronaldu va Varan o‘z vaqtida “Real Madrid” hamda “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan.

30 yoshli Varan joriy mavsumda “Manchester Yunayted”ning asosiy tarkibidan o‘rin egallay olmadi. Bundan tashqari, klub, xabarlarga ko‘ra, himoyachi bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish variantini faollashtirishdan bosh tortgan. Jahon chempioni “Man Yunayted”ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biri bo‘lib, haftasiga 340 ming funt maosh oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Ronaldu Rafael' Varan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing