Ronaldu sevgilisi uchun “Burj Xalifa”ni ijaraga oldi

Sport

image
0:00
0:00
download

Kecha, 27 yanvar kuni Krishtianu Ronaldu sevgilisi Jorjina Rodrigesni tug‘ilgan kuni bilan ajoyib uslubda tabrikladi. “Manchester Yunayted” hujumchisi Dubay shahrida joylashgan dunyodagi eng baland bino “Burj Xalifa” fasadini ijaraga oldi va o‘z hamrohi uchun bayram videosini namoyish etdi.

Krishtianu va Jorjina to‘rt yildan buyon ishqiy munosabatda va birgalikda to‘rt farzandni tarbiyalamoqda. Juftlik tez orada egizak farzandli bo‘lishi haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qilgan. 

Rodriges 1994 yilning 23 yanvar kuni Ispaniyaning Jaka shahrida tug‘ilgan. Rodriges o‘zi tug‘ilgan qashshoq o‘tmishdan xalos bo‘lishga qaror qilgan va o‘smirlik davrida ofitsiant bo‘lib ishlagan. Bir necha yildan so‘ng uning oilasi Angliyaning Bristol shahriga ko‘chib o‘tgach, Jorjina ingliz tilini o‘rgangan. Keyinchalik Madriddagi “Gucci” do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu va Rodriges birinchi marta aynan “Gucci” do‘konida uchrashgan. Bu haqda ispaniyalik model AS nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Jorjina Rodriges Burj Xalifa

Baholaganlar

2493

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing