Ronaldu va Jorjina boyligini alohida hisoblashga kelishdi – OAV

Sport

image

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigesning nikohdan keyin ham o‘z mulklarini alohida hisoblashga kelishdi. Bu haqda Portugaliyaning “Jornal de Notícias” nashri xabar berdi.

Juftlik joriy yilning 11 avgust kuni Portugaliyaning Kashkaysh shahridagi qarorgohida turmush qurgan edi. Mehmonlar orasida Ronalduning sportchilik faoliyati davridagi do‘sti Migel Paysan, Jorjinaning singlisi Ivana Rodriges, ispaniyalik zargar Xose Rodriges Sangil va uning rafiqasi Monika Gonsales Martines bo‘lgan. Marosimda juftlikning barcha besh nafar farzandi ham ishtirok etgan.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Ronaldu va Rodriges alohida mulk rejimini tanlagan. Nikohdan oldingi shartnoma marosimdan bir kun avval Lissabondagi notarial idorada imzolangan. Ushbu rejim juftlikka nikohdan oldin mavjud bo‘lgan va nikohdan keyin orttirilgan o‘z aktivlarini alohida saqlash imkonini beradi.

Juftlik o‘z familiyalarini saqlab qolgan va yashash joyi sifatida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodni ko‘rsatgan.

Nashr shuningdek, marosimda Krishtianu Ronalduning onasi Dolores Aveyru hamda futbolchining opa-singillari Elma va Katya Aveyru ishtirok etmaganini xabar qildi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu va Jorjina 2016 yilda Madridda tanishgan. O‘sha vaqtda Jorjina “Gucci” dokonida sotuvchi bo‘lib ishlagan. Juftlikning ilk rasmiy tadbiridagi ishtiroki 2017 yil 9 yanvar kuni Syurixda bo‘lib o‘tgan “The Best” taqdirlash marosimiga to‘g‘ri kelgan. Unda Ronalduning o‘g‘li Krishtianu Junior ham ular bilan birga bo‘lgan.

2017 yil noyabr oyida juftlikning birinchi qizi Alana Martina dunyoga kelgan. 2022 yil aprel oyida Rodriges egizak farzandlarni dunyoga keltirdi. Qizi Bella Esmeralda omon qoldi, ammo o‘g‘li Anxel tug‘ruq vaqtida vafot etdi. Shuningdek, juftlik egizaklar Yeva va Mateoni ham tarbiyalamoqda.

2025 yilning aynan 11 avgust kuni, Ronaldu bilan tanishganidan to‘qqiz yil o‘tib, Jorjina Rodriges rasman unashtirilganini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing