Ronaldu Serbiyadan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi sardori va “Manchester Yunayted” Krishtianu Ronaldu JCH-2022 saralashida Serbiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (1:2), Instagram sahifasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Futbol bizga takroran ko‘rsatib turibdiki, eng muhim qaror kerakli natijalarga olib keladi. Kechagi mag‘lubiyat og‘ir, ammo bizni yo‘ldan ozdirish uchun yetarli emas. Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga chiqish uchun yaxshi imkoniyatimiz bor va biz u yerga borish uchun nima qilish kerakligini bilamiz. O‘zimizni oqlamoqchi emasmiz. Portugaliya Qatarga intilmoqda”, deydi Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya o‘z maydonida Serbiyaga qarshi kechgan uchrashuvning so‘nggi daqiqasida gol o‘tkazib yubordi va JCH yo‘llanmasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘ldan chiqardi. Endilikda guruhlarda ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bahslarida ishtirok etishadi.
 
Ma’lumot uchun, jamoalarning guruh bosqichidagi dastlabki bahsi joriy yilning mart oyida o‘tkazilgan edi. O‘shanda o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalar tugayotganida himoyachi Stefan Mitrovich Krishtianu Ronalduning zarbasidan keyin to‘pni qaytarib yuborgan va ushbu vaziyatda to‘p to‘liqligicha chiziqni kesib o‘tgan edi. Biroq o‘yin bosh hakami Danni Makelli golni hisobga olmagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Jahon chempionati Portugaliya FIFA Serbiya

Baholaganlar

289

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing