Ronaldu Saudiya Arabistonini tark etdi – OAV
Sport
−
04 fevral 11266 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu klub rahbariyati bilan mojaro tufayli “Al-Nasr”ning o‘yinlari va mashg‘ulotlarida qatnashmayapti va Saudiya Arabistonini tark etdi. Bu haqda “Speedline” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ronaldu norozilik sabab nafaqat mashg‘ulotlarda qatnashmagan, balki Saudiya Arabistonini tark etib, Portugaliyaga yo‘l olgan.
Jurnalist Abdulaziz Al-Osseimining bildirishicha, hujumchi “Ar Riyod” bilan o‘yin oldi va o‘yindan keyingi mashg‘ulotlarda qatnashmagan. Shu munosabat bilan Ronaldu joriy yilning iyun oyidayoq “Al-Nasr”dan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi.
Ko‘rib chiqilayotgan variantlar qatoriga Yevropaga qaytish yoki MLS klublariga o‘tish kiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining tovon puli 50 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronalduning “Manchester Yunayted”ga qaytishi masalasi bo‘yicha futbolchining yaqin atrofidagilar bilan dastlabki muzokaralar boshlangani haqida xabar berilgan edi.