Ronaldusiz Portugaliya ilk öyindayoq mağlub böldi

Sport

−

image

Keça, 14 noyabr kuni Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqiçining beşinçi turida öz maydonida Daniyaga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uçraşuv Braga şahrida bölib ötdi.

Daniya terma jamoasi safida Per-Emil Xyoyberg 43-daqiqada penaltidan hisobni oçdi. Rasmus Xyoylunn 50 va 57-daqiqalarda yana ikkita gol urib, jamoasining ustunligini oşirdi. Yoakim Andersen 75-daqiqada törtinçi golni kiritdi. Portugaliyaning yagona javob töpiga esa Bernardu Silva 90+4-daqiqada mualliflik qildi.

Uşbu uçraşuv Portugaliya terma jamoasining beş karra “Oltin töp” sohibi Kriştianu Ronaldu milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilganidan keyingi ilk öyini böldi. Uçraşuv oldidan portugaliyalik futbolçilar maydonga Ronalduning futbolkasini kiyib çiqişdi. Muxlislar esa tribunalarda “Rahmat, sardor” yozuvi tuşirilgan ulkan bannerni namoyiş etdi.

Ma’lumot uçun, Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan Yevropa çempionati hamda ikki bor Millatlar ligasi ğolibligini qölga kiritgan. U milliy terma jamoalar va Yevropa çempionatlari tarixidagi eng yaxşi töpurar hisoblanadi.

Uşbu ğalabadan söng Daniya oçkolarini 9 taga yetkazib, 4-guruhda ikkinçi öringa kötarildi. Norvegiya 6 oçko bilan uçinçi, Uels esa 3 oçko bilan törtinçi örinda bormoqda. Portugaliya 12 oçko bilan guruh peşqadami bölib turibdi va avvalroq Millatlar ligasi çorak finaliga yöllanmani naqd qilgan edi.

Sönggi, oltinçi turda Daniya joriy yilning 17 noyabr kuni öz maydonida Norvegiyani qabul qiladi. Portugaliya esa şu kuni Uels mehmoni böladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing