Ronaldu orzusidagi mukofotni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sportdagi yutuqlari uchun "Golden Foot" mukofotiga sazovor bo‘ldi

G‘olib butun dunyodagi muxlislarning ovozi orqali tanlangan. Uning mukofotga loyiq ko‘rilgani dekabr oyining boshida ma’lum bo‘lgan, sovrin esa ikki kun oldin topshirilgan. 

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, "Yuventus" forvardi barchani, hatto azaliy raqibi Lionel Messini ham mag‘lub etgan. 

An’anaga ko‘ra, g‘olib Monte-Karlodagi Chempionlar xiyobonida oyoq izini qoldirgan. 

"Bu sharaf. Bu men olishni orzu qilgan mukofot. Agar tarixni eslasangiz, unga sazovor bo‘lganlarning barchasi futbol afsonasidir. Men uni olganimdan xursandman, bu mening muzeyimdagi bunday birinchi mukofot va men baxtliman", degan futbolchining o‘zi.

Ma’lumot uchun, "Golden Foot" mukofoti 17 yildan buyon berib kelinmoqda. Uning birinchi egasi mashhur italiyalik hujumchi Roberto Bajo bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu

Baholaganlar

1024

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing