Ronaldu MYUda o‘ynagan vaqtlarda Sulsher zaxirada o‘tirardi – Konor

Sport

image

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor “Manchester Yunayted”ning joriy mavsumdagi o‘yinlari haqida gapirdi.

“MYU bilan bog‘liq muammo shundaki, “Old Trafford” tengdosh futbolchilarning bir-biri bilan chaq-chaqlashadigan makoniga aylanib qolgan. Yuqori maqomga ega bo‘lgan odam hamma narsaga mas’ul bo‘lishi kerak. Avvallari Ronaldu jamoa safida maydonga tushgan paytlarda Ole (MYU murabbiyi) zaxirada o‘tirardi. Sulsherga bo‘lgan hurmatim chekchiz, lekin uning rolini o‘zgartirish kerak. Bu mening fikrim”, deya yozgan Makgregor.

Qiziq tomoni shundaki, “Notorius” ushbu postni butunlay o‘chirib tashlagan.

Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor Vatikandagi bazm chog‘ida italiyalik DJ va teleboshlovchi Franchesko Fachchinetti bilan janjallashib, uning burnini sindirib qo‘ygan edi. Shundan so‘ng, Franchesko va uning rafiqasi bo‘lib o‘tgan voqelik haqida ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sul'sher Ronaldu Makgregor Man Yunayted

Baholaganlar

70

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing