Ronaldu MYUda oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub muxlislari tomonidan oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

36 yoshli hujumchi 57 foiz ovoz bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin darvozabon David De Xeaga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi pog‘onadan Markus Reshford joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu oktyabr oyida “qizil iblislar” tarkibida beshta o‘yinda maydonga tushdi va ikkita gol urib, bir golli uzatmani amalga oshirgan. Shu tariqa Krishtianu ketma-ket ikkinchi bor oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi va klubga qaytganidan buyon ushbu sovrin faqat unga nasib etmoqda.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik futbolchi Angliya Premer ligasining 10-turidan o‘rin olgan “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda (3:0) o‘ziga xos rekord qayd etdi.

Gap shundaki, u 36 yosh 267 kunlik bo‘lganida bitta gol va golli uzatmani amalga oshirgan hamda so‘nggi 7 yilda APLning bir uchrashuvida ushbu natijaga erishgan eng keksa futbolchiga aylangandi. Bunga qadar 2014 yilning dekabr oyida “Chelsi” futbolchisi Dide Drogba 36 yosh 267 kunlik bo‘lganida “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda gol va assist qayd etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Ronaldu David De Xea Man Yunayted

Baholaganlar

10

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing