Ronaldu mojarosi davom etadi. MYU yoshlari undan norozi 

Sport

image
0:00
0:00
download

“Manchester Yunayted”ning yosh futbolchilari klubning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldudan norozi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, klubning ayrim futbolchilari portugaliyalik hujumchining bir necha kun avval bergan intervyusida yosh futbolchilar haqida tanqidiy fikr bildirganidan norozi bo‘lishgan. Hattoki, Edinson Kavani ingliz tilini yaxshi bilmasa ham, yosh futbolchilar bilan til topishishi osonroq.

Agar “Qizil iblislar” UEFA Chempionlar ligasiga yo‘llanma olmasa, Ronaldu klubdan ketishi haqida xabar berilgan edi. Portugaliyalik futbolchi yevrokuboklarda 6 marta g‘olib bo‘lgan va yaqinda vafot etgan “Real” afsonasi Fransisko Xentoning rekordini yangilamoqchi. Krishtianu 5 marta YeCHL bosh sovriniga ega chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 yanvar kuni Ronaldu “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik “Brentford”ga (3:1) qarshi qoldirilgan o‘yinda uni almashtirgani uchun norozi bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, 36 yoshli Ronaldu joriy mavsum APLda 17 ta o‘yinda maydonga tushgan va 8 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. MYU esa turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

APL Ronaldu Man Yunayted Rangnik

Baholaganlar

794

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing