Ronaldu model Mayorgani zo‘rlamagan bo‘lib chiqdi
Sport
−
23 noyabr 2023
16105Zo‘ravonlikda ayblanayotgan “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu oqlandi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Avvalroq, model Ketrin Mayorga portugalni zo‘ravonlikda ayblab, da’vo arizasi yozgandi, biroq modelning da’vosi sud tomonidan rad etildi.
Jarayon 2018 yilning sentyabrida boshlangan. Mayorgaga ko‘ra, 2009 yil iyun oyida Ronaldu mehmonxonada Mayorgani zo‘rlagan. Model bo‘lib o‘tgan voqealarni hech kimga aytmagani uchun Ronaldudan 375 ming AQSH dollar olganini aytgan.
Keyinchalik portugaliyalik futbolchi Mayorgaga haqiqatdan ham pul berganini tan oldi, lekin zo‘rlash faktori haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
2021 yil aprelida Mayorga Ronaldudan ma’naviy zarar uchun tovon puli sifatida 65 million yevro talab qilgan, biroq modelning ayblovi o‘z isbotini topmagan. 2022 yil iyun oyida uning da’vosi rad etildi - sudya Jennifer Dorsi da’vogarni noto‘g‘ri xatti-harakatlari va o‘g‘irlangan maxfiy hujjatlardan foydalangani sabab bu ishni rad etdi.
LiveBarchasi