Ronaldu meni tabriklamadi – Benzema

Sport

image

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan "Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema mukofot va sog‘lig‘i haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Oltin to‘pni qo‘lga kiritmagunimcha faoliyatimni to‘xtatmoqchi emasdim. Men har doim o‘zimga ishonardim, qachondir ambitsiyalarim bilan g‘alaba qozonishimni bilardim. Shuning uchun ham so‘nggi to‘rt yil davomida bu sovrinni qo‘lga kiritish uchun tinimsiz harakat qildim", deydi Benzema.

Shuningdek, futbolchi sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu va hozirgi formasi haqida ham gapirdi.

"Krishtianu Ronaldu sovrin bilan tabrikladimi degan savolga javob bera olaman. Hali tabriklamadi... 

Hozir yaxshi holatdaman, avvalroq, tanamda kuchli og‘riq bor edi. Hozir ham biroz og‘riq bor, lekin bu normal holat. Men davolandim va tez orada terma jamoa o‘yinlariga tayyor bo‘laman, hech qanday muammo yo‘q. Futbol o‘ynashni yaxshi ko‘ramiz. Muammo shundaki, biz mashina emasmiz. Qaysidir paytlarda jarohatlar bo‘ladi, bu tabiiy holat", deya Benzema so‘zlarini keltirdi "Marca" nashri.

Joriy mavsumda fransiyalik to‘purar "Real" safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va  1 ta assistga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Benzema

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing