Ronaldu qiyin yo‘lni tanladi – Lotar Matteus

Sport

image

Futbol bo‘yicha 1990 yilgi “Oltin to‘p” sohibi Lotar Matteus Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”ga qaytishi haqida fikr bildirdi. 

“Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ni tark etib, “Manchester Yunayted”ga qaytishga qaror qilgani to‘g‘rimidi? Menimcha, ha! U barchasini to‘g‘ri amalga oshirdi chunki, juda qiyin yo‘lni tanladi. Ronaldu dunyoning eng yaxshi ligasiga qaytib, 4 ta gol urdi”, deydi nemis futbolchisi.

Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli Ronaldu joriy mavsum “Qizil iblislar” safida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va to‘rt marta raqib darvozasiga yo‘l topdi.

Ma’lumot uchun, Lotar Matteus “Bavariya” va “Inter” safida to‘p tepgan. Germaniya terma jamoasi tarkibida 1880 yil Yevropa, 1990 yil Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus MYu Ronaldu Inter Lotar Matteus

Baholaganlar

850

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing