Ronaldu Qatarda qoladi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu va terma jamoaning yana to‘qqiz nafar futbolchisi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan JCH-2022dan chiqib ketganidan keyin Lissabonga uchmaydi. Bu haqda Portugaliya futbol federatsiyasi xabar berdi.

Krishtianu Ronaldudan tashqari Rui Patrisiu, Rafael Gerreyru, Rafael Leau, Bruno Fernandesh, Mateus Nunesh, Ruben Nevesh, Bernardu Silva, Joau Kanselo va Diogo Dalot Qatarda oilasi bilan qolishga ruxsat oldi.

Nuno Mendesh va Danilo Pereyra allaqachon jarohatlari sabab Qatardan ketgan va ular Fransiyada davolanmoqda. Portugaliya terma jamoasining qolgan futbolchilari bugun, 11 dekabr kuni Lissabonga yetib keladi.

Portugaliya terma jamoasi JCH-2022 chorak finalida Marokash termasidan mag‘lub bo‘ldi (0:1) va turnirni tark etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Qatar2022

Baholaganlar

2317

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing