Ronaldu gol urgan o‘yinda MYU “Tottenxem”ni taslim etdi
Sport
−
30 Oktabr 2021
3781Bugun, 30-oktabr kuni Londondagi “Tottenxem Xotspur” stadionida Angliya Premer ligasining 10-turidan o‘rin olgan “Tottenxem” va “Manchester Yunayted” uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi.
Birinchi bo‘limning 39-daqiqasida “qizil iblislar” hujumchisi Krishtianu Ronaldu APL joriy mavsumida o‘zining 4-golini urdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Uning goliga vatandoshi Bruno Fernandesh assistentlik qildi. Krishtianu bunga qadar 5 o‘yinni golsiz tark etgandi.
64-daqiqaga kelib tezkor qarshi hujum uyushtirgan “mankunianlar” hisobdagi farqni ikkitaga oshirishdi. Bu safar Ronalduning uzatmasidan so‘ng, Edinson Kavani raqib darvozasiga to‘p kiritdi. O‘yin yakunlanib borayotgan bir pallada Markus Reshford gol urib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi. Shu tariqa MYU 3:0 hisobida g‘alaba qozondi
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu faoliyatida 11-marta “shporlar” darvozasini ishg‘ol qildi. 36 yoshli portugaliyalik futbolchi hech bir ingliz klubiga bu qadar ko‘p gol urmagan. Bundan tashqari, Krish ketma-ket 6 o‘yindan beri “Tottenxem”ga gol urib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, g‘alaba evaziga o‘z hisobidagi ochkolar sonini 17 taga yetkazib olgan “Manchester Yunayted” turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Tottenxem” esa 15 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi.
LiveBarchasi