Ronaldu futboldan ketgach nimani sog‘inishini ma’lum qildi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlaganidan so‘ng gol urgandagi tuyg‘uni sog‘inadi. Bu haqda u o‘z YouTube kanalidagi videolaridan birida aytdi.

“O‘ylaymanki, gol urganimdan keyingi adrenalinni sog‘inaman”, deydi Ronaldu.

Ronaldu “Al-Nasr”da 2023 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda portugaliyalik barcha turnirlarda 5 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bungacha portugaliyalik futbolchi Lissabonning “Sporting”, Angliyaning “Manchester Yunayted”, Ispaniyaning “Real” va Turinning “Yuventus” klublarida to‘p surgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu futbol Saudiya Arabiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing