Ronaldu faoliyatini qachon yakunlaydi? MYU bosh murabbiyi javob berdi

Sport

image

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher 36 yoshli Krishtianu Ronalduning jismoniy holati va futbolchi faoliyatini qachon yakunlashi mumkinligi haqida o‘z fikrini bildirdi.

“Krishtianu Ronaldu qachongacha professional darajada o‘zini tuta oladi? Agar u 40 yoshida o‘z faoliyatini davom ettirsa ham hayron bo‘lmayman, chunki men uning o‘ziga qanday e’tibor berishini yaxshi bilaman. Krishtianu hozirgi darajaga yetishish uchun bor kuchini sarfladi. U jismoniy holati uchun har qanday maqtovga loyiq. Albatta, bu muvaffaqiyatning kaliti qisman uning genlarida, DNKsida”, deydi Sulsher.

Shuningdek, MYU bosh murabbiyi Krishtianu Ronalduning jismoniy holatidan mamnun ekanini bildirdi:

“E’tiborli tomoni shundaki, Ronaldu motivatsiyalarga to‘la. Uning g‘oliblik mentaliteti hali ham shunday va bu ichki xohish tufaylidir. Krish futbol uchun barcha energiyasini sarflab bo‘lmagunicha faoliyatini davom ettiradi. Umid qilamanki, bu holat yana bir necha yil davom etadi. “CR 7” 36 yoshida ham chempionatning eng tezkor futbolchilaridan biri va men uning jismoniy holatidan mamnunman”.


 Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi “Manchester Yunayted”ga qaytganidan so‘ng, maydonga tushgan har bir o‘yinida gol urayotgan edi. Biroq, bugun, 25 sentyabr kuni APLning 6-turida “Aston Villa” “qizil iblislar”dan gol o‘tkazib yubormadi va 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, manchesterliklarning 18 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Sul'sher APL MYu Ronaldu

Baholaganlar

527

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing