Ronaldu faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin

Sport

image

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyatini "Olimpik Marsel"da davom ettirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi. Bu haqda "FootMercato" nashri xabar berdi.

Ronaldu hozirda erkin agent hisoblanadi. Noyabr oyi oxirida u "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini bekor qildi.

Avvalroq, Ronalduga Saudiya Arabistonidan bir nechta jiddiy takliflar tushgandi, ammo futbolchi faoliyatini Yevropada davom ettirishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya Qatar mezbonlik qilgan JCH-2022 1/4 finalida Marokashga imkoniyatni boy berib, turnir bilan xayrlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Fransiya Ronaldu

Baholaganlar

520

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing