Ronaldu faoliyatidagi 800-golni urdi

Sport

image
0:00
0:00
download

"Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Ronaldu Angliya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan “Arsenal”ga qarshi o‘yinda  faoliyatidagi 800-golini urdi va ushbu natijaga erishgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi boshida “Qizil iblislar” Krishtianu Ronalduning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Portugaliyalik futbolchi Reshfordning uzatmasini darvozaga aniq yo‘lladi va faoliyatidagi 800-golini kiritdi.

36 yoshli Ronaldu “Real Madrid” safida 450 ta, “Manchester Yunayted”da 129 ta, “Yuventus”da 101 marta, “Sporting”da 5 ta va Portugaliya terma jamoasida esa 115 ta gol urgan.

Ma’lumot uchun, Angliya Premer ligasi turnir jadvalida MYU 21 ochko bilan yettinchi, “Arsenal” esa 23 ochko jamg‘argan holda beshinchi o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

APL Arsenal MYu Ronaldu 800-gol

Baholaganlar

98

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing