Ronaldu boshchiligidagi “Al-Nasr” OCHL yarim finalida mag‘lub bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 30 aprel kuni Osiyo Chempionlar ligasi yarim finalida “Al-Nasr” Yaponiyaning “Kavasaki” klubiga qarshi o‘ynab, 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va ishtirokini yakunladi.

Saudiyada o‘tgan yarim final bahsning 10-daqiqasida Ito hisobni ochdi. 28-daqiqada Mane hisobni tenglashtirdi. Birinchi taym oxirida yaponlar futbolchisi Ozeki mehmonlarni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 76-daqiqada Ienaga oradagi farqni 2 taga oshirdi va hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 87-daqiqda Ayman Yahyo yakuniy nuqtani qo‘ydi, 3:2.

Shu tariqa,“Kavasaki Frontale” Osiyo Chempionlar ligasi finaliga yo‘l oldi. 3 may kuni Osiyo Chempionlar ligasi finalida “Al-Ahli” va “Kavasaki” jamoalari to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Kavasaki Al-Nasr yarim final Osiyo Chempionlar ligasi.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing