Ronaldu bir o‘q bilan ikki quyonni urdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Jahon chempionatida 100 ta zarba yo‘llagan birinchi futbolchiga aylandi.

Shuningdek, portugaliyalik tarixda ham Jahon chempionati, ham Yevropa chempionatida 20 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Ronaldu Yevropa chempionatida 25 uchrashuvda, Jahon chempionati bahslarida 20 marta maydonga tushdi. JCHdagi yubiley, Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o‘yin bo‘ldi va koreyslarga qarshi bahsda Ronaldu boshchligidagi Portugaliya imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli portugaliyalik sobiq jamoasi "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini bekor qilganidan so‘ng erkin agent maqomida bo‘lib turibdi.

 1/8 finalda Portugaliya "G" guruhida 2-o‘rinni egallagan Shveysariya terma jamoasi bilan o‘ynaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Koreya

Baholaganlar

1046

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing