Ronaldu “Al-Nasr”ning bo‘lajak o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi – Romano

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi  hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu jamoaning bugun, 6 fevral kuni “Al-Ittihod”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan navbatdagi uchrashuvida maydonga tushmaydi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi jamoa ichida yoki Saudiya klubi rahbariyati bilan bevosita mojaroga duch kelmagan. Shuningdek, 41 yoshli hujumchining sog‘lig‘i yoki jismoniy holati bilan bog‘liq muammolar ham yo‘q.

Biroq, Ronaldu Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasi (PIF) tomonidan ayrim klublarni boshqarish uslubidan hanuz norozi ekani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi PIF jamoa rahbariyatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha aniq kafolat bermasa, joriy yilning iyun oyida klubni tark etish uchun transfer so‘rashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu noroziliklar sababli Saudiya Pro-ligasining 20-turidan o‘rin olgan “Ar-Riyod”ga qarshi (0:1) uchrashuvni ham o‘tkazib yuborgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing