Ronaldu “Al-Nasr”da yana bir yil o‘ynaydigan bo‘ldi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub bilan shartnomasini 2026 yilga qadar uzaytirdi. Bu haqda arab nashrlari xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mega yulduz Saudiya klubi safida 2026 yilning yozigacha o‘yinaydi. Klub Ronalduning maoshini yana oshirdi. Hozircha Ronalduning maoshi qanchaga oshirilgani ma’lum emas. Shuningdek, Krishtianu bilan bog‘liq vaziyatni “Al-Nasr”ning asosiy raqobatchisi “Al-Hilol” kuzatib bordi va Neymarga beriladigan maoshdan ko‘ra 2 barobar ko‘proq to‘lashga tayyorligini bildirdi, biroq 39 yoshli Ronaldu “Al-Nasr”da qolishga qaror qildi.

Ma’lumot o‘rnida, 39 yoshli futbolchi Saudiya chempionati vakiliga 2023 yilda kelib qo‘shilgan va uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi. Krishtianu jamoa safida umumiy 90 ta o‘yinda maydonga tushib, 81 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Ronaldu faoliyatini yakunlashi mumkinligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Portugaliya Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing