Ronaldu himoyachilarga muammo tug‘dirish bo‘yicha APLda eng oxirida

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning 36 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya Premer ligasida bir uchrashuvda raqib himoyachilariga bosim o‘tkazish darajasi bo‘yicha eng yomon natija qayd etgan hujumkor futbolchi hisoblanadi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Ushbu reyting bo‘yicha APLda eng yomon natijani qayd etayotgan Ronaldu raqib himoyachilariga har o‘yinda o‘rtacha hisobda 2,7 marta bosim o‘tkazadi.

Ro‘yxatda “Kristal Pelas”ning 28 yoshli ivuarlik hujumchisi Uilfrid Zaxa va “Brayton” futbolchisi Neyl Maupe dastlabki ikki o‘rinni band etgan. Ular bir o‘yinda to‘p raqibda bo‘lgan paytda 20 marta bosim uyushtiradi. Kuchli uchlikni “Liverpul”ning portugaliyalik hujumchisi Diogo Jota (19,8) yakunlab bergan.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu APL joriy mavsumida 4 o‘yinda maydonga tushib, 4 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Ronaldu APL 2021-2022 Zaxa Man Yunayted Jota

Baholaganlar

588

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing