Ronaldo yangi klubining FIFA oldidagi qarzlarini to‘laydi
Sport
−
27 dekabr 2021
8611“Kruzeyro” prezidenti Serxio Santos Rodriges klubning FIFA oldidagi 7,7 million yevro qarzini jamoaning yangi xo‘jayini, braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldo Nazario to‘lashini ma’lum qildi.
“Ronaldo qarzni to‘laydi. Nazariy jihatdan, u jamoaga tegishli, lekin to‘lanishi kerak, aks holda o‘ynash mumkin bo‘lmaydi. Kelasi yil jamoa oldida katta xarajatlar bo‘ladi. Ronaldo va men FIFA tomonidan maoshlar kechiktirilmasdan va sanksiyalarsiz to‘lanishi, kelasi yil yaxshi natijalarga erishishni kafolatlamoqchimiz”, deydi Rodriges.
Ronaldo Braziliya klubining 90 foiz aksiyasini 62,5 million yevroga sotib olgani haqida xabar berilgan edi. “So‘yloq tish” Ispaniyaning “Valyadolid” klubi aksiyalaring 51 foiziga egalik qiladi.
Ma’lumot uchun, Ronaldo futbolchilik faoliyati mobaynida “Kruzeyro”, “PSV Eyndxoven”, “Barselona”, “Inter”, “Real”, “Milan” va “Korintians” klublarida o‘ynagan. Braziliya terma jamoasi safida 1994 va 2002 yilga Jahon chempionatida g‘alaba qozongan. Shuningdek, ikki marta “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan (1997, 2002).
LiveBarchasi