Ronaldo o‘zidan 14 yosh kichik qizga uylandi

Sport

image

Ikki karra jahon chempioni va ikki marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan Ronaldo taniqli modeler Selina Loks bilan rasman turmush qurdi. Bu xabarni juftlik ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e’lon qildi.

“Marca” nashrining aniqlik kiritishicha, ziyofat braziliyalik 47 yoshli futbolchining Ibitsadagi uyida tashkil qilingan. To‘y marosimida 400 kishi ishtirok etgan.

Aytish joiz, bu Ronaldoning 3-bor uylanishi. 

U Braziliya terma jamoasi safida 99 ta o‘yinda maydonga tushib, 62 ta gol va 25 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 1994-2011 yillar davomida milliy terma jamoa sharafini himoya qilgan to‘purar ikki marotaba jahon va qit’a birinchiligini qo‘lga kiritgan. 

Ronaldoning rafiqasi braziliyalik modeler va ishbilarmon ayol – Selina Loks esa o‘zining kosmetika va parfyumeriya liniyasiga egalik qiladi va xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi. U 33 yoshda, ya’ni Ronaldudan 14 yosh kichik. Ular 2015 yildan beri uchrashib yurgan. 

Ma’lumot uchun, Loksning surati ko‘plab taniqli jurnallarning muqovasida chop etilgan va modeler Vogue, Bazaar, Lʼofficial, Cosmopolitan hamda Dior kabi brendlar bilan ishlagan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldo jahon chempioni Selina Loks

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing