Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Ronaldino tarixdagi eng yaxshi futbolchi kim ekanini aytdi

Sport

image

2005 yilgi “Oltin to‘p” sohibi, braziliyalik Ronaldino Peleni tarixdagi eng yaxshi futbolchi hisobladi. Bu haqda sobiq futbolchi “RikReddy” YouTube kanalidagi qisqa chiqishida ma’lum qildi.

“Futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi bu Pele”, deb javob berdi Ronaldino.

Shuningdek, Ronaldino kim kuchli Pele, Messi yoki Ronaldino degan savolga ham Pele, deb javob qaytardi.

Ma’lumot uchun, Pele – braziliyalik futbolchi, futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchilardan biri sifatida tan olingan. U 1940 yil 23 oktyabrda Braziliyaning Tres-Koroas shahrida tug‘ilgan. Pele uch marta jahon chempioni (1958, 1962, 1970) bo‘lib, rekord o‘rnatgan. U Braziliya terma jamoasi safida 92 ta o‘yin o‘tkazib, 77 ta gol urgan. “Santos” va “Nyu-York Kosmos” kabi klublardagi Pele faoliyati davomida mingdan ortiq gol urib, katta muvaffaqiyatlarga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ronaldin'o Pele

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing