Ronaldino ikki “o‘zga sayyoralik”ni ortda qoldirdi
Sport
−
26 dekabr 2023 14054 1 daqiqa
Britaniyaning “FourFourTwo” jurnali XXI asrning dastlabki 10 yilidagi terma jamoalarning eng yaxshi futbolchilari reytingini tuzdi.
Reytingda "Barselona” va “Milan” klublarida to‘p surgan braziliyalik hujumchi Ronaldino yetakchilik qildi. Top-10 likdan Braziliya terma jamoasining 3 nafar futbolchisi o‘rin oldi.
Kuchli uchlikdan Zinedin Zidan va Kaka ham o‘rin olgan. Portugaliyalik fenomen Krishtianu Ronaldu 6-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, 8 karra Oltin to‘p sohibi Lionel Messi 10-o‘rinni egalladi.
2000 yillarning eng yaxshi terma jamoasi o‘yinchilari reytingi:
1. Ronaldino - Braziliya terma jamoasi;
2. Zinedin Zidan – Fransiya;
3. Kaka – Braziliya;
4. Andres Inesta – Ispaniya;
5. Xavi – Ispaniya;
6. Krishtianu Ronaldu – Portugaliya;
7. Ronaldo – Braziliya;
8. Rio Ferdinand – Angliya;
9. Andrea Pirlo – Italiya;
10. Lionel Messi – Argentina.
Ronaldino "Oltin to‘p" sohibi (2005), shuningdek, 2004 va 2005 yillarda FIFA talqiniga ko‘ra dunyoning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. Braziliya terma jamoasi tarkibida 2002 yilda jahon chempioni bo‘lgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025