“Roma” rahbariyati Shomurodov sabab Mourinodan norozi

Sport

image

Avvalroq,  Joze Mourino O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning o‘yinini tanqid qilgani haqida xabar bergan edik. 

Mashhur sport nashrlarining xabar berishicha, “bo‘rilar” rahbariyati Jozening natijalaridan noroziligini bildirgan. Rahbariyat portugaliyalik mutaxassis yozda katta transfer kampaniyasidan so‘ng, yaxshi natija ko‘rsatishi kerak, deb hisoblamoqda. Shuningdek, Eldor Shomurodovning holatidan qoniqish hosil qilmayapti. 20 million yevrolik futbolchi zaxira o‘rindig‘ida o‘tirmasligi kerakligi iddao qilinmoqda.

Rahbariyatning fikricha, Joze Eldordan noto‘g‘ri foydalanmoqda va unga yetarlicha imkoniyat bermayapti. Menejerlar mavsum boshida ko‘p gol urgan futbolchi jamoada muhim rol o‘ynamay qolganidan norozi. 

Eslatib o‘tamiz, 58 yoshli portugaliyalik mutaxassis Eldorning “Yuventus”ga qarshi o‘yindagi harakatlaridan ko‘ngli to‘lmaganini aytib, o‘tkazib yuborilgan golda Shomurodovni aybladi. Murabbiy futbolchining hujumkor harakatlarini tanqid qilgan.

Ma’lumot uchun, “Roma” Italiya A seriyasi 21-turidan so‘ng, 6-o‘rinni egallab turibdi. Mavsum boshida Mourino oldiga kuchli to‘rtlikka kirish vazifasi qo‘yilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Roma Mourin'o Shomurodov A Seriya

Baholaganlar

3695

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing