“Roma” muxlislari Shomurodovning ketishini xohlamayapti

Sport

image

Rimning “Roma” klubi muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovning jamoada qolishi kerakligini yozmoqda.

Kecha, 26 yanvar kuni Italiya chempionati doirasida “Roma” mehmonda “Udineze”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning ikkinchi taymida o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Shomurodov tushishi bilan faollik ko‘rsatdi, hatto rimliklarga penalti olib kelgan hujumda qatnashdi. O‘yin davomida bir qancha xavfli vaziyatlar yaratdi. 

Bahsdan keyin “Roma” muxlislari klubning rasmiy sahifasida Eldor Shomurodovni qo‘llab-quvvatladi va uning jamoada qolishi haqida fikrlar qoldirdi.

Ma’lumot o‘rnida, Shomurodov rimliklar safiga 2021 yilda kelib qo‘shilgan va uning amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo‘ljallagan. Joriy mavsumda u “Roma” tarkibida 15 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 29 yoshli futbolchining “Venetsiya”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov Italiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing