“Roma” Eldor Shomurodovni rasman tanishtirdi 

Sport

image

Italiyaning “Roma” klubi o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov transferini rasman e’lon qildi va u bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. 

“Klub “Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodov bilan shartnoma imzolaganini xursandchilik bilan e’lon qiladi”, deyiladi xabarda.

26 yoshli Shomurodov “Roma” bilan 2026 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan shartnomani imzoladi va 14-raqam ostida harakat qiladi. Rimliklar futbolchi uchun 17,5 million yevro sarf qildi. 
Ishlash bilan bog‘liq bir qator bandlarni o‘z ichiga olgan kelishuv, shuningdek, “Jenoa” futbolchining kelajakdagi transferidan olinajak foydaning ma’lum foiziga egalik qiladi.

Shartnoma imzolangach, Eldor Shomurodov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: “Roma”ga qo‘shilish faoliyatimda oldinga tashlangan katta qadamdir. Men bu imkoniyatga munosibligimni ko‘rsatish va dunyoning eng kuchli klublaridan birida nimalarga qodir ekanligimni isbotlash uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilaman. Ayni paytda murabbiyim va yangi jamoadoshlarim bilan mavsumga tezroq tayyorlanishni istayman”.

Shomurodov “Jenoa” safida 31 o‘yinda 8 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Eldor Shomurodov Transfer “Roma”

Baholaganlar

400

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing