Rog‘un GESi qurilishida yana uch ishchi halok bo‘ldi

Olam

image

Tojikistonning Rog‘un gidroelektr stansiyasida (GES) yuz bergan favqulodda hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi. Bu haqda hukumati huzuridagi Sanoat va tog‘-kon sanoatida mehnat xavfsizligi ustidan davlat nazorati xizmatiga tayanib, “Asia-Plus” xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 12 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi Rog‘un GESda ishlagan “Xokrud” kompaniyasi xodimlaridir. Halok bo‘lganlarning yoshi 39, 40 va 51 yoshda bo‘lgan. Hodisa sabablari haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Departamentning xabar berishicha, voqea sodir bo‘lganidan so‘ng darhol uni o‘rganish uchun ishchi guruh tuzilgan. Ayni paytda avariya bilan bog‘liq barcha holatlar o‘rganilmoqda. Xavfsizlik xizmatlari va huquq-tartibot idoralari fojianing barcha holatlariga oydinlik kiritish ishlarini davom ettirmoqda.

“Biz hodisa yuzasidan rasmiy xat oldik, shundan so‘ng ishchi guruh tashkil etildi. Ular hozirda vaziyatni o‘rganmoqda, voqea tafsilotlari tergov yakunlanganidan keyin e’lon qilinadi”, deyiladi departament xabarida.

Ma’lumot uchun, Rog‘un GESi qurilishi nafaqat respublikaning o‘zida, balki butun mintaqadagi eng yirik loyihadir. GES Dushanbedan 110 km uzoqlikda Vaxsh daryosida joylashgan. Uni qurish 1976 yilda boshlangan, ammo SSSR parchalanganidan so‘ng qurilish to‘xtatib qo‘yilgandi.

Keyinchalik Tojikiston o‘z mablag‘lari hisobidan va xalqaro jamg‘armalar hamda tashkilotlarning mablag‘larini jalb qilgan holda, loyihada ko‘zda tutilgan 600 MVt quvvatga ega GESlarni qurish bo‘yicha ishlarni davom ettirdi.

6 ta agregatdan hozircha ikkitasi ishga tushirildi. Uchinchisi 2025 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. 335 metr balandlikdagi gidroelektr to‘g‘oni dunyodagi eng baland to‘g‘on bo‘ladi.

Biroq uni qurish ishlarida juda ko‘plab baxtsiz hodisalar sodir bo‘lgan va oqibatda GES qurilishi ishchilarning o‘limiga olib kelgan. 2020 yilda Rog‘un GESi qurilishida 15 ta avariya qayd etilgan, buning oqibatida 3 nafar ishchi halok bo‘lgan, 15 nafari turli tan jarohatlari olgan. Umuman olganda, 2020 yilda Davlat nazorati xizmati nazorati ostidagi korxona va ob’ektlarda 31 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan bo‘lib, oqibatda 8 kishi halok bo‘lgan, 33 kishi tan jarohati olgan.

2019 yilda 33 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan, oqibatda 20 kishi halok bo‘lgan va yana 25 kishi jarohat olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Rog'un GES

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing