Roberto Manchini yangi jamoada ish boshladi
Sport
−
14 noyabr 1937 1 daqiqa
Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Roberto Manchini Qatarning mashhur klublaridan biri “Al-Sadd” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Manchini klub bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi. Italiyalik insayderlarning xabar berishicha, u 2026 yil iyunigacha 5 million yevro ishlab oladi, shundan keyin uning yillik maoshi 8 million yevroga oshadi.
Mashhur murabbiyning so‘nggi ish joyi Saudiya Arabistoni terma jamoasi bo‘lib, u mazkur jamoani 2023 yil avgustidan 2024 yil oktyabrigacha boshqargan.
Doha klubi rahbariyati Manchinining kelishi jamoaning o‘yin uslubini yangilash, yosh futbolchilarni rivojlantirish va xalqaro musobaqalarda yanada munosib ishtirok etishga xizmat qilishiga ishonmoqda. “Al-Sadd” bu tayinlov bilan nafaqat ichki chempionatda, balki Osiyo miqyosida ham yuksak maqsadlarni ko‘zlayotganini yashirmaydi.
Ma’lumot uchun, Roberto Manchini 2018 yilda Rossiyaning “Zenit” klubini tark etganidan beri klub darajasida ishlamagan. Shundan so‘ng u Italiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalarini boshqargan. Manchini boshchiligidagi Italiya terma jamoasi Yevro-2020 da g‘alaba qozongan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyaning “Jenoa” klubi Patrik Viyeyrani iste’fosidan so‘ng, uning o‘rniga Daniele De Rossini bosh murabbiy etib tayinlagan edi.