Rivaldo va Denilsonga qarzdorlikni kim to‘lashi kerak?

Sport

image

Braziliyalik futbolchi Rivaldoning da’volari “Zeromax” kompaniyasiga qaratilgan va uning maoshi bo‘yicha qarzdorlik nega “Bunyodkor”ga qo‘yilayotgani noma’lum. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Gap shundaki, Rivaldo va boshqa xorijlik futbolchilar bilan uch tomonlama shartnomalar tuzilgan: futbolchilar, klub va “Zeromax”. Futbolchilar “Bunyodkor”da o‘ynashlari kerak edi, biroq ularning maoshi va boshqa to‘lovlari “Zeromax” tomonidan to‘lanishi kerak.

“Pul o‘tkazmalari “Zeromax”ning Shveysariyadagi hisob raqamlaridan futbolchilarning xorijiy hisob raqamlariga, ya’ni O‘zbekiston bank makonini chetlab o‘tgan. Bu uch tomonga ham soliqlar, bank o‘tkazmalari va o‘sha paytda O‘zbekistonda bo‘lgan valyuta konvertatsiyasi bilan bog‘liq muammolardan qochish imkonini bergan. Xullas, Rivaldo “Bunyodkor” bilan yangi shartnoma imzolaganida, to‘lov majburiyatlari qandaydir tarzda “Zeromax”dan klubga o‘tgan. Bundan tashqari, futbolchilarga maoshni “Zeromax” to‘lab berishi haqidagi band shartnomada saqlanib qolgan, biroq kompaniya o‘z faoliyatini to‘xtatgan”, deb yozdi Nikimbayev Telegram sahifasida.

Nikimbayevga ko‘ra, Rivaldoning “Bunyodkor”ga qarshi da’volari o‘rinli bo‘lib, bu CAS qarori bilan tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Bunyodkor” Rivaldo va Denilson ishi bo‘yicha Shveysariya Federal tribunaliga shikoyat qilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Holat bo‘yicha klub oldida 3 ta variant mavjud:

  • “Bunyodkor” agar, albatta, asos topsa, Shveysariya Federal tribunaliga murojaat qiladi.
  • “Bunyodkor” qarzni to‘liq yoki qisman to‘laydi (klub Denilson va Rivaldo bilan shartnomadagi raqamlarni qisqartirish bo‘yicha muzokara olib borsa).
  • “Bunyodkor” to‘lashdan bosh tortadi va faoliyatini to‘xtatadi.

Maqola muallifi

Teglar

Bunyodkor Rivaldo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing