Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi

Jamiyat

image

Rishton tumani Yangiyo‘l qishlog‘i, Yangiturmush ko‘chasi 2-uyda istiqomat qiluvchi To‘xtasinaka o‘z uyini qayta ta’mirlash va rekonstruksiya qilish jarayonida uyning eski pol ostidan no’ananaviyko‘rinishdagihayvon qoldiqlariga duch keldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” yozmoqda. 

Topilmaning suyak tuzulishini ayni zamonimizda yashayotgan va boqilayotgan yoki ilmiy kitoblarda fotosuratlari aks etgan biror bir mavjudotga qiyoslay olmagach uni telefoniga suratga tushirdi.

“Hozir yashayotgan xonadonimiz 1969 yilda markaziy Farg‘ona cho‘llarini o‘zlashtirish jarayonida yangi infratuzilma barpo etish uchun qurilgan. Ajabtovur hayvon qoldiqlarini birorta jonzodga taxmin qila olmadim va (odatda qishloqda shunday qilinadi) qo‘shnilarni chaqirdim. Hamma har hil fikrlar, mulohazalar bildiryapti. Taxminimizcha,dinozavr suyaklarini eslatyapti bu qoldiqlar. Yana bilmadim...

Kotedjlar barpo qilinkuga qadar bu yerlar yaydoq cho‘l yerlari bo‘lgan. Giyoh ham o‘smagan. Bizniki kabi xonadonlar qurilish qonun qoidalariga rioya etilmasdan, yerning qattiq qismigacha kavlanmasdan qurilavergan. Shuning uchun bu hayvon suyaklari bezarar saqlangan bo‘lishi mumkin, degan fikrdaman.

Bir qarashda, dumini xisobga olmaganda,qoldiqlar kenguruni,tuyaqushni eslatadi. Oyoqlarigavdasiga nisbatan baquvvat, uzunkurinishga ega. Biroq qadimda bizning yerlarda bu hayvonlar yashamaganu? Umurtqa pog‘onasi va qovurg‘a qismi qo‘ysimon hayvonlarga aloqador. Bo‘yin qismi esa parrandani eslatadi”, deydi To‘xtasin aka.

Shu joyda asossiz taxminlarni to‘xtatayligu, bizningcha, bu noyob topilmaga mutaxassislarning ko‘magi zarurga o‘xshaydi. Arxeologlar ilmiy xulosa berishlari zarur. Kim biladi, hali bu hayvon qoldiqlari shu kungacha mavjud bo‘lgan ilmiy farazlarni butunlay o‘zgartirib yuborar. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Rishton tumani Yangiyo'l tumani dinozavr

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing