Yangiyo‘l elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha na’munaviy tumanga aylantiriladi

Jamiyat

image

Yangiyo‘l tumani aholisi va tadbirkorlarini elektr hamda gaz bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha maxsus shtab tashkil etiladi. Unga Energetika vaziri Sherzod Xo‘jayev boshchilik qiladi, tuman hokimi San’at Jumaniyozov esa uning o‘rinbosari bo‘ladi. Bu haqda Prezident bugun, 27 iyul kuni yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida topshiriq berdi.

Qayd etilishicha, mas’ullar ikki haftada tumanning 51 ta mahallasida aholi va tadbirkorlarning oylik, choraklik va yillik talabini o‘rganadi. Shu asosda “energiya iste’moli balansi” shakllantiriladi.

Shu bilan birga, o‘rganishda qaysi mahallada transformator yoki gaz taqsimlash qurilmasini yangilash, qayerda tarmoq tortish zarurligi aniq belgilanadi. ASKUE va ASKUG tizimiga mos kelmaydigan hisoblagichlar almashtirilib, ma’lumot uzatmayotgan qurilmalarning uzluksiz aloqasi ta’minlanadi.

Shuningdek, elektr va gaz yo‘qotishlarini 2 karra kamaytirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqiladi. Bunda zarur mablag‘ning qanchasi tizim korxonalari, qanchasi mahalliy qo‘shimcha daromad hisobidan ajratilishi aniq ko‘rsatiladi.

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, yirik iste’molchi bo‘lgan korxonalar energiya auditidan o‘tkazilib, ularni tejamkor texnologiyalarga o‘tkazish uchun banklar tomonidan resurs ajratiladi. Barcha bog‘cha, maktab, texnikum, shifoxona va poliklinikalarning energiya sarfi tahlil qilinib, toifalarga ajratiladi.

Ko‘p qavatli uylarning isitish tizimi diagnostika qilinadi, qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha ko‘chama-ko‘cha ish olib boriladi. Barcha ishlar joriy yil 1-oktabrgacha yakunlanib, Yangiyo‘l elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha namunaviy tumanga aylantiriladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing