“Kerakli yukning og‘iri yo‘q”. Xo‘jayev yana Energetika vazirligiga qaytdi
Jamiyat
−
16 fevral 2023
12170Shu yilning 16 yanvar kuni energetika sohasidagi kamchiliklari uchun Prezident Shavkat Mirziyov tomonidan ishdan olingan Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev lavozimidan ozod etilgan edi.
Shundan so‘ng bir muddat ko‘zga ko‘rinmay qolgan Sherzod Xo‘jayev QALAMPIR.UZ manbalariga ko‘ra yana vazirlikda ish boshlagan.
Manbaning ma’lum qilishicha, ayni paytda Xo‘jayev Energetika vazirligida qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha loyiha ofisi direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda va bu unchalik ham katta lavozim emas.
Sobiq Energetika vaziri o‘rinbosarining yana lavozimga qaytganidan jamoatchilik kecha, 15 fevral kuni xabar topdi.
Gap shundaki, kecha O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Qashqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha CEEC ENERGY CHINA kompaniyasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandum davomida xitoyliklar bilan tushilgan umumiy suratda esa Xo‘jayev ham ko‘rinish bergan.
Suratda uning markazdan va Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning ortidan joy olishi Xo‘jayevning lavozimi ahamiyatli lavozimlardan ekaniga ishora qiladi.
Ma’lumot uchun, mazkur memorandum doirasida Xitoy kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonga 2 mlrd dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritilishiga erishilgan.
LiveBarchasi