Rishi Sunak iste’foga chiqdi
Olam
−
05 iyul
8892Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak torilar parlament saylovlarida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, Konservativ partiya rahbari lavozimidan ketishini aytdi. Bu haqda bugun, 5 iyul kuni Dauning-strit 10-uyda joylashgan Bosh vazir qarorgohi oldida ma’lum qildi.
“Bu natija tufayli men hozir emas, balki mening vorisimni saylash bo‘yicha rasmiy tartib-qoidalar tugagach, partiya yetakchiligidan iste’voga chiqaman. 14 yillik hokimiyatdan so‘ng Konservativ partiya o‘zini qayta qurishi va oliy hazratlari hukumatiga muxolifat rolini samarali va professional tarzda bajarishi muhim”, deydi Sunak.
Britaniya qiroli Charlz III Bosh vazir Rishi Sunak bilan Bukingem saroyida uchrashuvda uning iste’fosini qabul qildi.
“Deputat Rishi Sunak bugun ertalab qirol bilan tinglovni o‘tkazdi va o‘zining Bosh vazir va G‘aznachilikning birinchi Lordi lavozimidan iste’foga chiqishini bildirdi. Oliy hazratlari buni xushmuomalalik bilan qabul qildi”, deyiladi Bukingem saroyi bayonotida.
44 yoshli Sunak mamlakatda Kir Starmer boshchiligidagi muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi g‘alaba qozongan parlament saylovlari ortidan iste’foga chiqdi. Yaqin daqiqalarda u hukumatni shakllantirish mandatini olish uchun Bukingem saroyida Charlz III tomonidan ham qabul qilinadi.
Sunak Britaniya hukumatini 2022 yil 25 oktyabrdan beri boshqarib kelmoqda va mamlakat tarixidagi asli osiyolik va hindu diniga mansub birinchi Bosh vazirga aylandi. Hukmron Konservativ partiyaning umumiy mag‘lubiyatiga qaramay, u Angliya shimolidagi o‘z okrugi bo‘yicha Jamoatlar palatasiga saylovlarda shaxsan g‘alaba qozondi, natijada u deputat bo‘lib qolishda davom etadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr