Rim Papasi Vatikanning O‘zbekistondagi yangi elchisini tayinladi

Jamiyat

image

Vatikanning O‘zbekistondagi yangi vakili tayinlandi. Rim papasi Fransiskning qaroriga binoan Pestum arxiyepiskopi Jovanni d'Aniyello O‘zbekistondagi yangi apostol nunsiysi (Vatikan elchisi) etib tayinlandi. Bu haqda Vatikan Matbuot xizmati xabar berdi.

66 yoshli diplomat Jovanni d'Aniyello bir vaqtning o‘zida Rossiya va O‘zbekistonda Vatikan manfaatlarini himoya qiladi.

Jovanni d'Aniyello 1955 yil 5 yanvar kuni Italiyada tug‘ilgan. O‘rta maktab va gimnaziyani tugatgach, Salerno shahridagi Mintaqalararo seminariya va Kampano Papa seminariyasida falsafa va ilohiyot yo‘nalishlarida ta’lim olgan. U Rimdagi Papa Lateran universiteti va Muqaddas Foma Papa universitetida kanonik huquqni o‘rgangan, kanonik huquq doktori ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan.

Bundan avvalroq diplomat Vatikanning Braziliya, Kambodja va Tailanddagi elchisi lavozimlarida ishlagan, Kongo, Laos va Myanmada faoliyat yuritgan.

Jovanni d'Aniyello Chelestino Milore o‘rniga tayinlandi. Ch.Milore esa Vatikanning Fransiyadagi elchisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Vatikan

Baholaganlar

43

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing