Rim Papasi qabri qayerda bo‘lishini xohlashini aytdi
Bu qiziq
−
13 dekabr 2023
1648486 yoshli Rim Papasi Fransisk Vatikan tashqarisida o‘z qabrini "allaqachon tayyorlab qo‘ygani" va oddiyroq dafn marosimini o‘tkazishni rejalashtirayotganini aytdi. Shunga qaramasdan, u nafaqaga chiqish niyatida emas. Bu haqda u Meksikaning “N+” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Qayd etilishicha, Papa Fransisk vafotidan keyin Rimdagi Santa Mariya Majore bazilikasida dafn qilinishni xohlaydi.
"Yer allaqachon tayyorlandi, men Santa Mariya Majoreda dafn etilishini xohlayman, chunki men bu yerga juda sodiqman, doim u yerga borganman”, degan u.
Shuningdek, Papa hozir o‘zini yaxshi his qilayotganini bildirgan.
Ma’lumot uchun, keksa Rim Papasi dekabr oyi boshida grippga chalingani uchun Dubayda bo‘lib o‘tgan BMT iqlim sammitida ishtirok etmagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 dekabr kuni Rim Papasi Ozarbayjon va Armaniston yarashuvini olqishlagan edi.
LiveBarchasi