Rim Papasi ayolni urgani uchun kechirim so‘radi (video)

Olam

Rim Papasi yangi yil arafasida ziyoratchi ayolni qo‘liga urib, unga tanbeh bergani uchun uzr so‘radi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Gap shundaki, o‘tgan yilning 31 dekabr kuni Papasi Fransisk Muqaddas Pyotr maydonida dindolar bilan ko‘rishdi. Papani ko‘rishga kelganlar orasidan bir ayol uning qo‘lini ushlab, kuch bilan o‘ziga tortdi. Shunda Papa uning qo‘liga urib, urshib berdi.

1 yanvar kuni esa Rim Papasi Fransisk o‘z xatti-harakati uchun kechirim so‘radi.

“Sabr – bu sevgi. Ba’zida biz sabrni yo‘qotamiz, kecha men bilan bo‘lganidek. Bugun men kechagi yomon holat uchun kechirim so‘rayman”, dedi pontifik an’anaviy tarzda Muqaddas Pyotr maydoniga yig‘ilgan dindorlarga qarata.

Ma’lumot uchun, 83 yoshli Fransisk hisob bo‘yicha 266-Papa. U 2013 yilda Benedikt XVI o‘rniga saylangan.


Maqola muallifi

Teglar

qonun qimmatbaho metall

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing