RFda yuz bergan halokat tafsilotlari: suvostida o‘ta maxfiy yadroviy kema yongan

Olam

image

Avvalroq, Rossiya suv hududlarida suvosti ilmiy-tadqiqot apparatida yong‘in chiqishi oqibatida 14 nafar harbiy dengizchi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Rossiya Harbiy-dengiz floti manfaati uchun xizmat qilgan ilmiy-tadqiqot apparatida o‘ta maxfiy izlanishlar olib borilgan.

Rossiya OAV tarqatgan xabarlarga ko‘ra, falokat yuz bergan apparat bu – “Losharik” nomli AS-12 yadroviy suvosti kemasi bo‘lgan.

Voqeada halok bo‘lgan 14 nafar dengizchidan 7 nafari birinchi darajali kapitan, 2 nafari Rossiya Qahramoni bo‘lgan. Yong‘indan 4-5 nafar dengizchi omon qolgan. Ular ham kuyish jarohati bilan harbiy gospitalga yotqizilgan.

Kreml ilmiy-tadqiqot apparatida o‘ta maxfiy izlanishlar olib borilishini aytib, undagi ma’lumotlar ommaga e’lon qilinishi mumkinmasligini ta’kidlagan.

"Oliy bosh qo‘mondon (Vladimir Putin) barchasidan xabardor. Ammo bu ma’lumotlar ommaga taqdim qilinishi mumkin emas, ular o‘ta maxfiy. Shuning uchun ular ochiqlanmayotgani mutlaqo normal holat", degan RF Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov yong‘in bo‘yicha ma’lumotlar davlat siri ekani va keyinchalik ham oshkor qilinmasligini aytib.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya yong'in suvosti kemasi

Baholaganlar

146

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made