Reyting: O‘zbekiston internet tezligi MDHda atigi 2 ta davlatdan yuqoriroq

Bu qiziq

image

Ookla kompaniyasi tegishli Speedtest.net internet-servisi 2019 yilning dekabr oyi yakunlariga internet tezligi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Unda dunyodagi davlatlarning mobil va simli internet tezligi taqqoslab chiqilgan.

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 140 davlat ichida 134-o‘rinda qayd etilgan — Internetdan o‘rtacha yuklab olish tezligi 9,51 Mb/soniya, yuklash tezligi esa 5,73 Mb/soniya. Bu 2019 yilning noyabr oyiga nisbatan 2 pog‘ona balanroq, biroq 2018 yilning mos davrida nisbatan 23 ta o‘rin past. 2018 yilda O‘zbekiston mobil internet bo‘yicha 111-o‘rinni egallagan. 

Simli internet borasida O‘zbekiston 177 davlat orasida 108-o‘ringa joylashtirilgan. Internetdan o‘rtacha yuklab olish tezligi 22,49 Mb/soniya, yuklash tezligi esa 22,42 Mb/soniya teng. Bu 2019 yilning noyabr oyiga nisbatan 1 pog‘ona baland. 2018 yilning mos davriga solishtirganda o‘zgarish bo‘lmagan.

1

MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari ichida mobil internet tezligi bo‘yicha Litva — 22, Estoniya — 31, Moldova — 53, Latviya — 51, Armaniston — 62, Ozarbayjon — 59, Gurjiston (Gruziya) — 63, Ukraina — 88, Rossiya — 96, Qozog‘iston — 101, Qirg‘iziston — 111, Belarus — 114, Tojikiston — 132-o‘rinda joylashtirilgan.

MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari ichida simli internet tezligi bo‘yicha Latviya — 26, Litva — 27, Rossiya — 46, Estoniya — 47, Moldova — 50, Belarus — 56, Ukraina — 58, Qozog‘iston — 65, Qirg‘iziston — 85, Armaniston — 94, Gurjiston (Gruziya) — 106, Ozarbayjon — 109, Tojikiston — 117, Turkmaniston so‘nggi 177-o‘rinda joylashtirilgan.

Ro‘yxatda mobil internet tezligi bo‘yicha Janubiy Koreya, simli internet tezligi bo‘yicha Singapur birinchi pog‘onadan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

reyting internet

Baholaganlar

146

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing